Skip to content Skip to footer

Jamiyat hayotida ishtirok

«Aynan mana shunday fikrlar bilan o‘z resurslarini inobatga olgan holda, bahoiylar jamiyat islohoti va birdamlik ishi rivojiga, odamzot farog‘atiga ko‘maklashuvchi va dunyoviy ittifoqchilikka hissa qo‘shishga  qaratilgan soni oshib borayotgan harakatlar, tashkilotlar, guruhlar va alohida shaxslar bilan hamkorlikka kirishadilar».

— Umumjahon Adolat Uyi

Hazrati  Bahoulloh o‘z izdoshlariga shunday nasihat qiladilar: “Yashayotgan asringiz ehtiyojlari bilan tashvishda bo‘ling va bugungi kun talab ehtiyojlaridan so‘ylang”.

Shu sabab, dunyo bahoiylari ham shaxsiy ravishda, ham jamoa bo‘lib, jamiyat hayotiga kirishishga harakat qilib, turli guruhlar bilan yelkama-yelka ishlab, moddiy va ma’naviy sivilizatsiyaning oldinga siljishiga hissa qo‘shishiga harakat qilmoqdalar.

Bu yerda bir-birini to‘ldiruvchi ikki sohaga oid urinishlar ko‘rib chiqiladi. Ijtimoiy tadbirlar, keng jamiyatning moddiy va ijtimoiy farovonligiga hissa qo‘shish maqsadida, ko‘pincha, mahalliy darajada amalga oshiriladigan bir qator tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Bunga chambarchas bog‘liq soha,  Bahoiylarning jamiyat diskurslarida  ishtirok etishi orqali jamiyatchilik farovonligiga fikrlash darajasida hissa qo‘shishidir. Bahoiy jamoasining alohida a’zolari orasida, bu odatda turli xil ijtimoiy doiralarda Bahoiy ta’limotiga oid bo‘lgan o‘zlari  ilhomlangan fikrlar bilan bo‘lishishni bildiradi.