Skip to content Skip to footer

«Nigohingiz butun yer
yuzini qamrasin …»

Bahoulloh
 

E'tiqod tamoyillari

Bahoiy Jamoasining asosiy g'oyalari

Faoliyat turlari

Bahoiy Jamoasining asosiy amal turlari

“Zamin yagona mamlakat va insoniyat uning fuqarolaridir”
– BAHOULLOH 


O‘zbekiston Bahoiylari, ona diyorlari farovonligiga, uning ma’naviy, ijtimoiy va moddiy sharoitlarini yaxshilashga o‘z kuchini baxshida etayotgan, jahon hamjamiyatining bir qismi bo‘lib hisoblanuvchi O‘zbekiston fuqarolari hamjamiyatidir. Bahoiylarning jamiyat taraqqiyotiga qarashi shundan iboratki, butun insoniyat o’z evolyusion rivojining navbatdagi bosqichiga, ya’ni kollektiv bolalik pallasidan balog‘at bo‘sag‘asiga yaqinlashmoqda. Bu uzoq kutilmish tinchlik va farovonlik zamonasining amalga oshish davridir.
Bahoiy ta’limoti, shuningdek, bizni insonlar orasiga parokandalik soluvchi cheklovlardan ozod bo‘lishga va bir-birimizga nisbatan yagona vatandoshlar, bir oila a’zolari hamda zaminni yagona mamlakat kabi qarashga chorlaydi.
 
 
 
 
 

Tematik sohalarni o'rganish

Bahoiy e’tiqodi va amallarida asosiy mavzu bo’lgan quyidagi bo’limlarni tadqiq eting

Bahoiy kutubxonasi

Bahoiy adabiyoti kutubxonasi Bahoiy yozuvlarining nufuzli onlayn manbasidir.
 
 
Tarix davomida Olloh insoniyatga bir qator ilohiy Murabbiylarni yuborgan – ular “Ollohning Mazharlari” deb nomlanadi. Ularning ta’limotlari tsivilizatsiya rivojlanishi uchun asos bo’lib xizmat qilgan. Bularga Ibrohim, Krishna, Zardusht, Muso, Budda, Iso va Muhammad kiradi. Bu Mazharlarning bugungi zamon uchun so’nggisi bo’lmish Baho’ulloh dunyo dinlari bir Manbadan kelib chiqqanligini va mohiyatiga ko’ra Xudodan bir dinning ketma-ket keladigan boblari ekanligini izohlaydi.  
Bahoiylar, insoniyat oldida turgan muhim ehtiyoj – jamiyat kelajagi, hayotning tabiati va maqsadi haqida birlashtiruvchi tasavvurni topish, deb hisoblaydilar. Bunday tasavvur Bahoullohning asarlarida uchraydi.
 
 
 
 
 

Foydali videolar

Play Video
Play Video
Play Video
Play Video
faoliyat turlari

Jamiyat diskurslarida ishtirogimiz

Yillar davomida Bahoiylar jamoasi tsivilizatsiya rivojiga hissa qo’shishga qaratilgan sa’y-harakatlarining bir qirrasini jamiyatdagi diskurslarda ishtirok etish deb atadi. Har qanday vaqtda va jamiyatning barcha darajalaridagi ijtimoiy sohalarida insoniyat farovonligi va taraqqiyotining turli jabhalari bilan bog’liq bir qator davom etayotgan diskurslar mavjud: taʼlim va tarbiyaning oʻrni, oilani mustahkamlash, ayol va erkak oʻrtasidagi tenglik, tinchlik kabi mavzular bo’yicha diskurslar olib boriladi, bular faqat bir nechtasidir. 
Bahoiylar jamoasining alohida a’zolari o’z mahallasi hayotiga jalb qilinganligi, ijtimoiy faoliyatdagi say’-harakatlari yoki o’qish joyi, korxonasi yoki kasbiy faoliyati davomida bunday diskurslarda boshqalar bilan va boshqalardan o’rganish hamda, Bahoiy ta’limotiga asoslangan shaxsiy tushunchalarini taklif qilish orqali samarali ishtirok etishga intiladilar. 

Yangiliklar