Ibodat diniy hayotning ajralmas qismi hisoblanadi. Uning yordamida alohida odamlar va butun jamoalar Olloh va insoniyat o‘rtasida mavjud bo‘lgan o‘ziga xos munosabatni muntazam ravishda mustahkamlashi mumkin. Bu aloqa jamiyatni ushlab turguvchi  munosabatlarga hayot baxsh etadi, ya’ni, odamlar shuningdek, jamoa va muassasalarning turli elementlari orasidagi munosabatlardir.


Bizning ma’naviy hayotimiz va o‘sishimiz uchun ibodat muhim ahamiyatga ega. Uning orqali biz Ollohni ulug‘lashimiz va Unga bo‘lgan sevgimizni ifoda etishimiz, hamda Undan yordam so‘rashimiz mumkin. Mushohada qilish qobiliyati insonga xos alohida bir xususiyatdir. Haqiqatda,  Bahoiy bitiklarida insonning rivojlanishi mushohada va tafakkursiz amalga oshishi mumkin emasligi aytilgan. Ro‘za va haj ziyoratlari butun insoniyat tarixi davomida muhim rol o‘ynaydigan yana ikki sig‘inish turidir. Xizmat ruhida amalga oshirilgan yumush ham ibodat sifatida qabul qilinadi.

«Mutlaq hamjihatlik va xursandchilik ruhida to‘planib, rahmli Rabbi tomonidan nozil qilingan oyatlarni o‘qing. Bunday amaldan, ichki qalb nigohiga haqiqiy ilm eshiklari ochilgay va ruhingiz mustahkam bo‘lgay, qalbingiz esa, nurli quvonchga to‘lgay». — Hazrati Bahoulloh
Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

Warning: "continue" targeting switch is equivalent to "break". Did you mean to use "continue 2"? in /home/t71459/public_html/bahai.uz/modules/mod_je_accordionmenu/helper.php on line 73