Dunyo tarixining jo‘shqin davri bo‘lgan XIX asrning o‘rtalarida, yosh bir savdogar, O‘zining insoniyat hayotini tubdan o‘zgartirishga qodir bo‘lgan xabar olib kelganini e’lon qildi. Uning vatani bo‘lmish Eronda ma’naviy tushkunlik davri kechayotgan bir paytda, Ul Zotning bu xabari jamiyatning barcha sinflari orasida hayajon va umid uyg‘otib, shiddat bilan minglab izdoshlarni o‘ziga jalb etdi. Ul Zot arab tilidan “Darvoza” ma’nosini anglatuvchi “Bob” degan maqomni qabul ayladi. O‘zining ruhiy va axloqiy reformatsiyaga chaqirig‘i, hamda ayollar mavqei va kambag‘allar ahvolini yaxshilashga qaratgan e’tibori bilan, Hazrati Bobning ruhiy yangilanishga oid ko‘rsatmalari inqilobiy bo‘ldilar. Shuning bilan birga, Ul Zot O‘zining mustaqil, alohida diniga asos soldi va izdoshlarini o‘z hayotlarini tubdan o‘zgartirish va buyuk qahramonlik harakatlarini bajarishga da’vat etdi. Hazrati Bob insoniyatning yangi zamon ostonasida turgani haqida e’lon qildi. Ul Zotning atigi olti yillik vazifasining maqsadi, barcha dunyoviy dinlarda va’da qilingan, tinchlik va adolatlilik zamoniga boshlaguvchi Olloh Mazhari bo‘lmish Hazrati Bahoullohning kelishiga zamin yaratish edi.

«Uning hayoti, insoniyat ko‘rishga musharraf bo‘lgan eng muhtasham jasorat timsollaridan biridir...» — Hazrati Bob xotirasiga ta’zim; 19 asr Fransuz yozuvchisi A.L.M. Nikolya [A.L.M. Nikolas] 
Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.