Ul Zot Zuhurining dunyoni birlashtirishdek maqsadiga erishishi kafolatini ta’minlash uchun — Hazrati Bahoulloh to‘ng‘ich o‘g‘illari Hazrati Abdul-Bahoni bahoiy jamoalari birdamligini asrash uchun, o‘z Ahdlarining markazi etib tayinladilar va Umumjahon Adolat Uyi joriy etilishini buyurdilar. O‘z navbatida Hazrati Abdul-Baho Umumjahon Adolat uyining funksional tamoyillarini joriy etdilar va vafotlaridan so‘ng barcha bahoiylarga nabiralari Shavqi Afandiga murojaat qilishni vasiyat etib, Shavqi Afandini Bahoiy E’tiqodining Muhofizi etib tayinladilar.

Hazrati Abdul-Baho (chap tomondan) to‘ng‘ich nabiralari Shavqi Afandi bilan birga.Hazrati Abdul-Baho (chap tomondan) to‘ng‘ich nabiralari Shavqi Afandi bilan birga.Ham Umumjahon Adolat Uyiga va ham Muhofizga, har ikkovlariga bir xil vazifalar tayinlangan, ya’ni, tamoyillarni targ‘ib etish, qonunlarni kuchga kiritish, muassasalarni himoya qilish, hamda Bahoiy E’tiqodini doimiy rivojlanayotgan jamiyatning talablariga moslashtirish.

36 yil davomida Shavqi Afandi aql bovar qilmas darajadagi uzoqni ko‘ra bilishlik qobiliyati, oqilligi, va fidokorligi bilan sistematik tarzda rivojlanishga hissa qo‘shdi, tushunchani kengaytirdi, hamda, butun insoniyat irqining xilma-xilligini o‘zida aks etgan, tobora o‘sib borayotgan Bahoiy jamoalarining birdamligini mustahkamladi.

Hazrati Bahoulloh tomonidan bitilgan, jamoalarini boshqarishning antiqa tizimi, Shavqi Afandi rahbarligida butun dunyo bo‘yicha keng taraqqiy etdi. U Bahoiy Muqaddas Bitiklarini  ingliz tiliga tarjima qilib, Muqaddas Zaminda E’tiqodning  ruhiy va ma’muriy markazini obodonlashtirdi; va o‘zi bitgan minglab maktublarda ijtimoiy o‘zgarishlar dinamikasi va sivilizatsiyaning ruhiy jabhasiga oid chuqur tushunchalarni taklif etdiki, uning orqali insoniyat odimlayogan kelajak haqida qalbni to‘lqinlantiruvchi bir qarash ochildi.

Uning keng qamrovli yutuqlari va uning rahnamoligiga xos bo‘lgan sifatlardan hamma hayratda edi, zero bu, kichik bir hovuch oddiy odamlar guruhida, hatto ular o‘zi xayoliga ham keltirolmagan kuch va qobiliyatni uyg‘otgan bir rahnamolik edi…

—Devid Xofman (David Hofman), yozuvchi va radiojurnalist.
Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.